Assalomu alaykum! Toshkentda joylashgan Barbeque Burger rasmiy saytiga xush kelibsiz.
Bizning tezkor ovqatlanish restoranimiz 2015-yilda barcha mazali taom ishqibozlariga yuqori sifatli va totli ovqatlar taqdim etish maqsadida tashkil etilgan. Barbeque Burger — o‘ziga xos tamlarni qadrlovchilar uchun yaratilgan. Biz o‘zimizning maxsus burgerlarimiz, hot-doglarimiz, rollarimiz va mazali kartoshkalarimiz bilan mijozlarimiz qalbidan joy egalladik.
Bugungi kunda Barbeque Burger’ning 5 ta shinam filiali shaharning qulay nuqtalarida joylashgan bo‘lib, biz izchil rivojlanishda va takomillashishda davom etmoqdamiz.
Biz faqat o‘zimiz tayyorlaydigan maxsus kotletalar orqali mijozlarga tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqdamiz. Barbeque Burger — bu olovda pishiriladigan taomlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi birinchi tezkor ovqatlanish maskani hisoblanadi. Biz bilan siz ajoyib va betakror ta’mni his qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Shuningdek, bizda o‘zimiz tomonidan yo‘lga qo‘yilgan maxsus yetkazib berish xizmati mavjud. U orqali siz burgerlarimizdan tez va qulay tarzda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Rang-barang menyumuzda turli xil burgerlar, hot-doglar, rollar va mazali kartoshkalar taqdim etilgan bo‘lib, ularning o‘zgacha ta’mi va hidini boshqa joylarda topishingiz qiyin. Bundan tashqari, Barbeque Burger mijozlar manfaatini inobatga olgan holda adolatli narx siyosatini yuritadi.
Barbeque Burger — bu sifat va tezlik uyg‘unlashgan zamonaviy restoran. Biz har doim mijozlarimizning vaqti va byudjetini e’tiborda tutamiz.
Marhamat, tanavvul qiling va rohatlaning!